O‘zbekiston
Bugun buxoroliklarning tushunmovchiligiga sabab boʻlgan turistik shaharcha qurilishi bilan bogʻliq masala yuzasidan matbuot anjumani oʻtkaziladi
Kecha, 13-yanvar kuni “Potrebitel Buxara plyus” Telegram kanalida markaziy stadion buzilib, o‘rniga sayyohlik majmuasi qurilishida norozi boʻlgan bir guruh buxoroliklarning prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan videomurojaati tarqaldi. Unda jumladan, mazkur masalada aholi bilan hech qanaqa maslahatlashuv o‘tkazilmagani hamda Buxoro shahrining markaziy qismi oʻrniga sayyohlik majmualari qurilishi eʼtirozlarga sabab boʻlganligi aytildi.
Murojaatchilardan birining aytishicha, “Buxoro sport majmuasi” ga har kuni 1 000 nafardan ortiq bolalar va koʻplab havaskor va professional sportchilar murabbiylari bilan mashgʻulotlar oʻtashadi.
Bundan tashqari, buziladigan hududda Motamsaro ona haykali joylashgani, yashil makon doirasida haykal joylashgan hududga tutash shahar hokimligi yonidagi bogʻda 1 500 tup qimmatbaho daraxt ekilganligi ham murojaat yoʻllayotgan fuqarolar eʼtiborida.
Maʼlumot uchun, buxoroliklar buzilishini xohlamayotgan ushbu sport majmuasi oʻtgan 2022-yilda katta mablag‘ evaziga ta’mirlangan.
Avvalroq, Oliy Majlis deputati, asli buxorolik boʻlgan Umida Rahmonova ham sport majmuasi buzilishiga qarshi chiqqan edi va oʻzining Facebook sahifasida quyidagi postni joylashtirgan:
Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahri markazi buzilib, o‘rniga sayyohlik (turizm) markazi qurilishi hukumat raisi o‘tkazgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qurilish ishlarini “Enter Engineering” MChJ bajaradi.
Tanlangan hududda joylashgan davlat va xususiy mulkdorlarga tegishli 29 ta binolar boshqa hududga ko‘chiriladi. Ushbu ro‘yxatda viloyat va shahar hokimliklari, prokuratura, MIB va kadastr agentligi, markaziy stadion, tibbiyot instituti, 2-sonli maktab kabi obyektlar bor.
Turizm markazi qurilishi bilan parallel ravishda hukumat Buxoro viloyati uchun yangi ma’muriy markaz ham qurmoqchi. Markaz 1 000 gektardan iborat bo‘lib, Buxoro shahridagi “Gulchorbog‘” va “Otbozor” MFY lar hududida joylashadi. Dastlabki rejalarga koʻra, birinchi navbatda 100 gektar maydonda yangi ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish obyektlari, ko‘p qavatli uy-joylar, ko‘ngilochar maskanlar va sayilgohlar barpo etiladi.
Buxoro viloyati hokimligi bugun, 14-yanvar kuni soat 14:00 da “Sahid Zarafshan” mehmonxonasi 2-qavatidagi majlislar zalida ushbu murojaat yuzasidan hamda shahar markazida “Turizm shaharchasi” barpo etilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazishini eʼlon qildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi