O‘zbekiston
Bugundan boshlab “Buxoro xalqaro aeroporti” ga kutib oluvchilarning kirishiga ruxsat berildi
Respublikamizda saqlanib turgan anomal sovuq sabab, aeroportlar binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Bu haqida Transport vazirligi xabar bermoqda.
Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangan edi. Endilikda barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutishlari mumkin bo‘ladi.
“– Nihoyat, bizning takliflar eshitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz. Bilaman, bu muammo koʻp yillar davomida mavjud edi. Avvallari odamlar issiqda va sovuqda tashqarida turishgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan shuningdek, boshqa bir qator sabablarga koʻra, ularning ichkariga kiritish taqiqlangan edi”, — dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Anomal sovuqlar sharoitida aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligiga eʼtiborni kuchaytirmoqda.
Noqulay ob-havo sharoitlari – sovuq havo harorati, qor yogʻishi parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun samolyotlarni muzga qarshi suyuqlik bilan ishlov berish jarayonini nazarda tutadi. Bu jarayon odatda har bir samolyot uchun taxminan 30 daqiqa davom etsa-da, hozirgi paytda har bir samolyotga ishlov berish 1,5 soatgacha vaqt olmoqda. Albatta, bu reyslarning kechikishiga olib keldi.
Dunyoning qator mamlakatlarida bunday ob-havo sharoitlari tufayli aeroportlarni yopish amaliyoti mavjud. Ammo O‘zbekiston aeroportlari yo‘lovchilarni jadvaldagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilgan holda, ishlashga qaror qildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi