Buxoro yangiliklari

Peshkoʻda joylashgan Qoraqir koʻlidagi baliqlar anomal sovuqda qanday oziqlanadi?

photo 209 1

Loading

Qoraqir tabiiy suv havzasidagi baliqlarni ozuqa bilan taʼminlash uchun maxsus biotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqida Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Mamlakatimiz bo‘ylab hukm surayotgan anomal sovuq hayvonot dunyosining yashashi, oziqlanishi uchun ham noqulayliklar yaratadi.

Shu tufayli hayvonot dunyosini asrash, sovuq kunlardan betalofat olib chiqish maqsadida, Qoraqir tabiiy suv havzasi hududida doimiy ravishda biotexnik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, kecha, 15-yanvar kuni qoraqir tabiiy suv havzasi hududiga 500 kg arpa doni va 1000 kg dag‘al xashak kabi ozuqa mahsulotlarini maxsus tayyorlangan idishlar va joylarga qo‘yib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, Peshkoʻ tumanidagi mazkur Qoraqir koʻli tumanning 63 km da, Buxoro shahridan esa 40 km oraliq masofada joylashgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.