Buxoro yangiliklari

Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari lavozimiga tayinlandi — biografiya

photo 1103

Loading

Hukumatning tegishli qarori bilan Tursunov Jamshid Yunusovich Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida rasman e’lon qilindi.

Jamshid Tursunov 1979-yilning 20-devralida Buxoro tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oilali. Ma’lumoti – oliy, 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya Akademiyasini o‘qigan. Mutaxassisligi: moliya va kredit, bank ishi.

Mehnat faoliyati:

1996-2000-y. — Toshkent moliya instituti talabasi;
2000-2001-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti moliyaviy ta’minlash va nazorat qilish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi;
2001-2002-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti oltin valyuta zahiralari bilan ishlash bo‘limi bosh iqtisodchisi;
2002-2002-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti hisobotlarni jamlash va tahlil qilish bo‘limi bosh iqtisodchisi;
2002-2003-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank-moliya akademiyasi bank ishi fakulteti tinglovchisi;
2004-2004-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti boshqarma boshlig‘i;
2004-2006-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti direktori o‘rinbosari;
2006-2008-y. — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati Bank boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
2008-2009-y. — “O‘zsanoatqurilishbank” Buxoro mintaqaviy filiali boshlig‘i;
2009-2009-y. — “O‘zsanoatqurilishbank” risk-menejment departamenti direktori o‘rinbosari;
2009-2010-y. — “O‘zsanoatqurilishbank” Toshkent viloyat mintaqaviy filiali menejmenti;
2010-2011-y. — “O‘zavtoyo‘l” DAK Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Qurilish va ta’mirlash ishlarini iqtisodiy tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i;
2011-2017-y. — “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig‘i;
2017-2019-y. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi;
2019-2020-y. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikasiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatining avtomobil yo‘llarini va avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi;
2020-2021-y. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi.

Tayinlovga qadar 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.