Jahon

Amerikalik ayol “Koinot go‘zali 2022” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

photo 1104

Loading

Amerikalik R’Bonni Gabriel AQSh ning Nyu-Orlean shahrida o‘tkazilgan “Koinot go‘zali-2022” tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Insider nashri xabar berdi.

R’Bonni 1994-yilda AQSh ning Texas shtatida tug‘ilgan. U 10 yil ichida “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan birinchi AQSh go‘zali bo‘ldi.

Bundan avval 2012-yilda xuddi shu tanlovda amerikalik model Olivia Kulpo g‘olib bo‘lgan.

“– Men 28 yoshdaman va bu musobaqada qatnashish uchun eng baland yosh chegarasi. Mening eng sevimli iqtibosim: “Hozir bo‘lmasa, qachon?” Chunki ayol sifatida yosh bizni belgilamasligiga ishonaman. Hozir siz xohlagan narsangizga erishish mumkin bo‘lgan vaqt”, — degan R’Bonni Gabriel.

Ma‘lumot uchun, 28 yoshli Gabriel Texasning Xyuston shahrida model va tikuvchilik bo‘yicha faoliyat olib boradi. U moda dizayni bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. Gabrielning AQSh go‘zali sifatidagi g‘alabasi sababli, ko‘plab ishtirokchilar tanlov uning foydasiga soxtalashtirilganini da’vo qilgan. Bunga javoban u shunday degan:

photo 02 342

“– Men hech qachon g‘alaba qozonishimni biladigan biror-bir tanlov yoki musobaqada qatnashmayman. Halollikni yoqlayman. Shaffof bo‘lishni xohlayman, go‘zallik tanlovida hech qanday adolatsiz bo‘lmagan va hech narsa soxtalashtirilmagan”, — deydi R’Bonni Gabriel.

Shuningdek, mazkur tanlovda 2-o‘rinni Venesueladan qatnashgan nomzod, 3-o‘rinni esa Dominikan Respublikasidan kelgan ishtirokchi qo‘lga kiritgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.