Buxoro yangiliklari

25 yashar g‘ijduvonlik qiz Telegram orqali toshkentlik ayollarni ko‘p miqdordagi pulga “uxlatib” ketgan – video

photo 1110

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Toshkent shahri IIB ga bir necha kun farqi bilan bir guruh fuqarolar murojaat qilib, firibgar tuzog‘iga tushib qolganliklari va moddiy ziyon ko‘rganliklari bo‘yicha ariza yozishgan.

Aniqlanishicha, firibgarlik quyidagi sxema bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan: Jabrlanganlar Telegram da “Kreditga tilla va brilliantlar” nomli guruhga a’zo bo‘lishadi va qimmatbaho taqinchoqlarni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga tayyor administratorga yozishadi. Xususan, jablanganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u messenjerda o‘z akkauntiga “Gizem” deb nom qo‘ygan shaxs bilan bog‘lanadi va tilla taqinchoq sotib olmoqchiligini aytadi. Shundan so‘ng “Gizem” bilan bog‘lanadi va u firibgar o‘zini Dilyara deb tanishtiradi.

Dilyara jabrlanuvchidan taqinchoqni “kredit qilib” xarid qilishi uchun boshlang‘ich to‘lovni plastik kartaga o‘tkazib berishni so‘raydi va shundan keyin tanlangan tovarni “dostavka” qilishini aytadi. Sodda fuqaro pulni o‘tkazib bo‘lgach, Telegram dagi yozishmalar firibgar tomonidan o‘chirilib, jabrlanuvchi “uxlatib” ketilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxs muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi 1998-yilda tu‘ilgan Sh. D. ekanligi oydinlashadi.

Ayni damda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.