O‘zbekiston

Qadimda O‘zbekiston hududida yashagan odam qiyofasi qanday bo‘lgan?

photo 1123

Loading

Xitoyning Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning ko‘rinishini namoyish etdi. Qayd etilishicha, bu birinchi bor 3D restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishidir.

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 300 000 – 40 000 yil oldin yashagan 8 yoki 9 yoshli neandertalga tegishli bo‘lgan bosh suyagi 1938-yilda O‘zbekiston hududidan topilgan. Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘idir.

Moskva davlat universiteti Ilmiy-tadqiqot instituti va Antropologiya muzeyi direktori, akademik Aleksandra Bujilovaning aytishicha, mazkur bosh chanoq butunligicha saqlanib qolgan Osiyo neandertalining yagona chanog‘i hisoblanadi. Mazkur yangilik neandertallar sharq tomon harakatlaniga isbot bo‘la oladi.

Shuningdek, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi rekonstruksiya Yevroosiyo mintaqasidagi qadimgi odamlarning tashqi qiyofasini aniq tiklabgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlari hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini to‘liq o‘rganish imkoniyat beradi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning yozida mahalliy olimlar tomonidan Qozog‘istonning Turkiston viloyati Boralday tog‘ida joylashgan Tuttibuloq g‘oridan ilk marotaba bundan 48 000 yil avval yashagan odamning izlarini topishgandi. Ularning yoshi va yashagan davrini aniqlash uchun topilma ustida 1 yil davomida o‘rganish olib boriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.