Buxoro yangiliklari
Vobkentdagi bog‘cha hamshirasi 2 nafar fuqaroning plastik kartasidan pullarni o‘g‘irlagan
Vobkent tumani IIB ga bir necha fuqaro ariza bilan murojaat qilib, ularning plastik kartochkalardan no’malum shaxs pullarni yechib olganini bildiradi.
Xususan, birinchi holatda tumandagi “Xalach” MFY sida yashovchi 63 yoshli R. H. ning kartasidan 706 000 so‘m, ikkinchi holatda ham shu mahallada yashovchi 53 yoshli M. Sh. kartasidan 1 300 000 so‘m pullar o‘g‘irlanadi. Ma’lumot uchun, har ikkala fuqaro plastik kartasi Xalq banki tuman bo‘limida ochilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari o‘tkaziladi.
Natijada ushbu jinoyatni Vobkent tumanida joylashgan bog‘chalarning birida hamshira bo‘lib ishlovchi, 1985-yilda tug‘ilgan A. D. ismli ayol sodir etganligi aniqlanadi.
Hozirgi kunda A. D. ning xuddi shu turdagi boshqa fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi