Buxoro yangiliklari

Buxoroda “gor bolnitsya” oldida turkman manatini $4000 ga sotmoqchi bo‘lgan g‘ijduvonliklar ushlandi

photo 1141

Loading

Kuni kecha Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband ko‘chasida joylashgan RSHTYIM Buxoro filiali oldida soat 11:20 larda fuqaro D. A. ga ikki fuqaro birgalashib, qonunga xilof ravishda 20 000 manat (Turkmaniston pul birligi) ni $4000 ga sotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar G‘ijduvon tumanida istiqomat qilishib, ulardan biri Kabobi ko‘chasida yashovchi 37 yoshli A. N., ikkinchisi Paxtakor ko‘chasida yashovchi 41 yoshli X. S. ekanligi oydinlashdi.

Ma’lumot uchun, Buxoro shahridagi “Ipoteka bank” ATB Sardor filialida 1 Turkman manati 3 250 so‘m, 60 tiyin bo‘lib (Markaziy bank, 18-yanvar holati), ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 20 000 Turkman manatining so‘mga nisbatan qiymati 65 012 000 so‘mni tashkil qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolar A. N. va X. S. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi, 3-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlash kerakki, tadbir Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat Bojxona boshqarmasi, viloyat IIB boshqarmasi bilan hamkorligida o‘tkazidi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.