Buxoro yangiliklari

“Prava” ni $400 evaziga olib bermoqchi bo‘lgan kogonlik jinoiy guruh a’zolari Buxoro shahrida IIB tomonidan qo‘lga olindi

photo 1149

Loading

Kogon tumani “Beklar” mahallasida yashovchi 26 yoshli A. Sh. ismli shaxs A. A. ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazish evaziga talab qilgan $400 olayotgan vaqti qo‘lga olindi. Bu haqida Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, 2023-yil 9-yanvar kuni soat 17:20 larda maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahri, Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida “Matiz” salonida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ammo voqea bu bilan tugagani yo‘q. Surishtiruv vaqtida A. Sh. o‘zining jinoiy sherigini ham “sotib” qo‘ydi. U huquq-tartibot idoralari bilan kelishilgan holda shu kuni soat 22:30 larda Kogon tumani, “Xo‘ja Yakshaba” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabi oldida imtihondan o‘tkazishni ta’minlovchi bajaruvchi sanalgan 26 yoshli H. A. ga $400 ni beradi va uning ham qo‘lga olinishi ta‘minlanadi.

O‘z navbatida H. A. ham o‘zining faqatgina “vositachi” ekanligini, asl “bajaruvchi” esa boshqa shaxs ekanligini bildirganligi sababli, tezkor tadbir yana davom ettiriladi.

Bu safar H. A. Buxoro shahridagi “Kitoblar olami” savdo majmuasi avtoturargohida jinoiy sherigi 27 yoshli Sh. J. (Kogon tumanida yashovchi) ga haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga $400 ni bergan vaqtda Sh. J. ham jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning a’zolari A. Sh., H. A. va Sh. J. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.