Buxoro yangiliklari
Sinf xonalari sovuq boʻlsa, darslar online boʻladi. Faqat Buxoroda emas. Nega?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 23-yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktablarda III chorak darslari boshlanadi.
Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borilishiga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Lekin, Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasining maʼlum qilishicha, viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida darslar anʼanaviy tarzda oʻtkaziladi. Bundan bilib olish mumkinki, mavjud oʻquv dargohlarida issiqlik tizimi sozlangan va oʻquvchilar darslari oʻtadigan xonalar belgilangan meʼyorlar darajasida issiq.
Demak, ertaga, hamma oʻquvchilar oʻz maktablariga yoʻl olishadi. Yangi chorak muborak!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi