Buxoro yangiliklari

Husenali Husenov Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlandi

photo 1165

Loading

Bugun, 24-yanvar kuni Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faollar zalida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Nadjimidinov va markaz faollari, ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Buxoro viloyati Kogon tumani sport maktabida direktorlik lavozimida faoliyat yuritib kelgan Husenov Husenali Mahmudovich O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining joriyning 23-yanvardagi 10-K-sonli buyrug‘iga asosan, Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlanganligi ma’lum qilindi.

H. Husenov 2014–2015-yillar davomida 6-son ixtisoslashtirlgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha murabbiy, 2015—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasining mutaxassisi, 2020—2022-yillarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy vakili lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Kogon tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori lavozmida ishlagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.