Buxoro yangiliklari
Prezident Buxoro shahri hamda qator tumanlar mas‘ullarini tanqid qildi
Ayni paytda Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat rahbari Buxoro shahri, Vobkent, Shofirkon, Kogon, Gʻijduvon, Romitan tumanlarining bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalari puxta ishlab chiqilmagani, ularda mavjud barcha imkoniyat va zahiralar hisobga olinmaganini tanqid qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ushbu ekspertlar bilan birga barcha viloyatlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish, viloyat hokimlari bilan birga 2023-yil uchun bandlik dasturini tumanlar kesimida qaytadan ko‘rib chiqib, tasdiqlash topshirildi.
Prezidentimiz shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini qayd etdi.
Masalan, o‘tgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toshkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021-yilga nisbatan 30-40% ga kamaygan.
Eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorako‘l, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, Prezident ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi.
Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni o‘rganib, ularning har biri bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 25-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari kambag‘allikni qisqartirish milliy siyosat darajasiga olib chiqilganini ta’kidladi.
Natijada o‘tgan yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17% dan 14% ga tushgani, bunda hokim yordamchilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgani, daromadli ish bilan band qilgani muhim omil bo‘lgani qayd etildi.
Shu davrda 200 000 ga yaqin tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilindi, 10 000 ta korxona faoliyati kengaytirildi, 11 000 ta korxona quvvati tiklandi.
Bu ishlarni 2023-yilda davom ettirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.
Jumladan, 2023-yilda 5 000 000 nafar aholi bandligini ta’minlash, shu jumladan 2 000 000 doimiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi