Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB xodimi fuqaro ortidan nega quvdi?

photo 1175

Loading

Bugun, 25-yanvar kuni Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida Buxoroning markaziy ko‘chalarining birida IIB xodimi formasidagi shaxs boshqa bir fuqaro ortidan quvib ketayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Buxoro viloyat IIB mazkur postga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur voqeada kecha, 24-yanvar kuni Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni komandiri tomonidan tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, Buxoro shahrining “Mutal Burxonov”, “Ko‘ksaroy” va “Sharq yulduzi” mahallalarida patrullik yo‘nalishiga ostida xizmatga jalb qilingan 1-otryad safdor xodimi Q. M. (“Xumo 432” taxallus ostida xizmat qilayotgan) va boshqa fuqaro ko‘rinish bergan.

“– O‘z xizmati davomida safdor Q. M. Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband ko‘chasida qo‘lida qora rangli sumkasi bo‘lgan va boshiga kurtkasining “kapyushon” ini kiygan fuqaro shubha uyg‘otadi. IIB xodimi uni to‘xtatib, shaxsiga oydinlik kiritmoqchi bo‘lgan vaqtda mazkur shaxs to‘satdan qocha boshlagan”, – deyiladi IIB rasmiy xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, safdor Q. M. fuqaroni quvib yetgan va holatga aniqlik kiritgan. Surishtiruv davomida esa ushbu fuqaroning hatti-harakatlarida biror-bir huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmaganligi sababli, u qo‘yib yuborilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.