Islom
Agar uylana olmayotgan bo‘lsang, bu sinovdir. Alloh senga yaxshi rafiqa bergunicha, sabr qilasanmi yoki fahsh ishlarga bosh suqasanmi?
Farzand tug‘ilgan xonadon albatta, barakaga to‘ladi. Zero, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey Abdulloh ibn Abbos, bolasi yo‘q uyning barakasi ham bo‘lmaydi”, – deb, ummatlarini farzandli bo‘lishga hamda unga e’tiborli bo‘lishga targ‘ib qiladilar. Alloh kimga xohlasa qiz farzand, kimga o‘g‘il ato etadi. Ba’zisiga bermay imtihon qiladi.
Sinov faqatgina balo bilan bo‘lmas ekan. U gohida ne’mat berish ila ham bo‘lar ekan. Balo bilan sinalgandagi muvaffaqiyat sabrdadir. Ne’mat bilan sinalgandagi muvaffaqiyat esa shukrdadir. Agar uylana olmayotgan bo‘lsang, bu sinovdir. Alloh nima qimoqchi ekaningni bilmoqchi. Alloh senga yaxshi zavja bergunicha sabr qilasanmi yoki fahsh ishlarga bosh suqasanmi? Agar farzanding bo‘lmasa bu sen uchun sinov.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni bir a’robiyning oldidan o‘tib qoldilar. Uning tuyasi qo‘tir kasalligi bilan kasallangan ekan. A’robiy esa qo‘lini osmonga ko‘tarib tuyasiga shifo berishini so‘rab Allohga duo qilar edi. Umar roziyallohu anhu anhu unga:
“– Duoyingni ozroq moy bilan qo‘llab yubor!”, dedilar.
Alloh taolo bu dunyoni sababiyat qonuni asosida yaratgan. Kim bir narsa istasa shu yo‘ldan borishi lozim. Gohida esa harakat qilsang ham muvaffaqiyatga erisha olmaysan. Uylansangda farzand ko‘ra olmaysan. Chunki qadari ilohiy doimo ustun turadi.
Farzand ko‘rishi kechikayotgangalarga, Allohdan umid ila duo qilib, mudom harakatda bo‘layotgan inson. Quyidagi duoni ixtiyoriy (nafl) namozlarning sajdasida (taxminan) 40 marta o‘qisa. Agar tahajjud namozida bo‘lsa, yana yaxshi:
((رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنْتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ))
O‘qilishi: “Robbi laa tazarniy fardav-va-anta xoyrul vaarisiyn!” (“Anbiyo” surasi, 89- oyat).
Ya’ni, “Ey Robbim, meni yolg‘iz holda tashlab qo‘yma (ya’ni, menga O‘z dargohingdin bir merosxo‘r farzand ato et), O‘zing eng yaxshi Vorisdirsan (ya’ni, barcha maxluqotlar o‘lib ketganidan keyin ham boqiy qoluvchi Zot)” .
Bu duo Qur’onda kelgan, Zakariyo alayhissalomning Allohdan farzand so‘rab o‘qigan duolaridir. Darhaqiqat, Alloh Ta’olo Zakariyo alayhissalomga voris qilib Yahyo alayhissalomni bergan edi. Demak, biz ham sabr qilib shar’iy yo‘llar bilan davolanmog‘imiz lozim. Noshar’iy yo‘llardan uzoq turmog‘imiz lozim. Shoshqaloqlik qilib Jin, jodugar, dajjollar, qabristonlar va boshqalarga yugurmaslik lozim.
Zakariyyo alayhis salomga farzand berilish kechikkanida xushxabarni mehrobda eshitgan edilar. Biz sajdada so‘raydigan mehrobda mujdalanadigan ummatmiz! Ne’mat berilsa shukr qilamiz! Agar berilmasa sabr qilamiz! Alloh bersa seniki bo‘lmagan xazinadan beradi. Agar bermasa seniki bo‘lmagan narsani bermaydi. Alloh bersa bir hikmat uchun beradi, man qilsa bir hikmat uchun man qiladi.
Davolaning. Biz davolanishga amr qilingan ummatmiz. Tabibning huzuriga borish Allohga bo‘lgan tavakkulimizga zarar bermaydi. Bu Allohning qadaridir. Xohlasa tabibning qo‘li bilan senga shifo beradi. Xohlamasa dunyoning eng zo‘r tabiblari ham yig‘ilib kelib hech narsa qila olishmaydi. Ammo biz sabablarni tutishga majburmiz.
Imom Navaviy rahimahulloh uylanmadi. U zotdan duo qilib turadigan farzand qolmadi. Ammo uning » Arba’in», » Riyozus solihin» asarlarini bilmaydigan inson yo‘q.
Muallif: Azizjon Jamolov, Shofirkon tumanidagi “Shayx Darvesh” masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi