Sport

Mesut O‘zil

photo 121

Loading

Har o‘yindan oldin Qur’on o‘qiydigan futbolchi

Germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil jurnalistlarga bergan intervyusida sportchilik faoliyatining boshidanoq ibodatsiz maydonga tushmasligini tan oldi.

«Men musulmonman. Qur’on oyatlarini o‘qiyman. Men shuningdek, Allohdan jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishini va hamma sog‘-salomat bo‘lishini so‘rayman», – deydi Mesut O‘zil deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

O‘zil «Fenerbaxche» futbolchisi sifatida tanishtirildi. Matbuot anjumanida yarim himoyachi har doim o‘zini «Fenerbaxche»ning bir qismi deb hisoblashini va bolaligidanoq ushbu klubda o‘ynashni orzu qilganini aytib o‘tdi. Futbolchi Turkiya klubida 67-raqam ostida to‘p suradi.

O‘zil endi Germaniya terma jamoasida o‘ynash niyatida emasligini aytdi. Uning qarori tomoshabinlarda olqishlarga sazovor bo‘ldi.

«Terma jamoaga qaytishga tayyormanmi? Men o‘z yo‘limga boraman va hech qachon ortga qaytmayman. Shunday qilib, yo‘q. Terma jamoaga barcha yaxshi tilaklarimni bildiraman, ammo u yerda hech qachon o‘ynamayman», – deydi O‘zil.

Mesut O‘zil ilgari 2014 jahon chempioni va 2010 jahon chempionati bronza medali sovrindori bo‘ldi va 2012 va 2016 Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Germaniya terma jamoasida o‘ynagan etnik turk hisoblanadi.

Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan birgalikdagi surati sabab nemis jamoatchiligi tanqididan so‘ng «irqchi va adolatsiz muomala» ni his qilayotganini aytib, «Bundestim»ni tark etdi.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.