Buxoro yangiliklari

Zardoʻzlik va zargarlik YUNESKO nomoddiy madaniy meroslari roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Buxoroda muhokama oʻtkazildi

photo 236 1

Loading

Joriy yilning 26-yanvar kuni YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati mutaxassislari hamda Buxoro viloyatining mutasaddi tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 5098-sonli qarorining 8-bandiga asosan milliy hunarmandchilikning zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarini YUNESKO ning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga hamda Buxoro shahrini YUNESKO ning Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha hujjatlar to‘plamini tayyorlash va taqdim etish masalasi muhokama qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.