Buxoro yangiliklari
Buxoroda poyezd orqali yuk vagonlarida Tramadol hamda tasnifi ko‘rsatilmagan 474 mln so‘mlik tovarlar olib kirishmoqchi bo‘lishdi
Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“ – Joriy yilning 16-yanvar kuni xorijdan kirib kelgan hamda “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona postida poyezd vagonlari inspeksion ko‘rikdan o‘tkazilganda, vagonlarning skanerlangan tasviri va yuk kuzatuv hujjatlarining o‘zaro mos kelmaganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, ular qaytadan tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi”, – deyiladi viloyat Bojxona boshqarmasi xabarida.
Mazkur partiyadagi yuklar tekshiruvida yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan oshxona asbob-anjomlari, dekorativ tovarlar hamda yumshoq mebellar to‘plami borligi aniqlandi. Shu bilan birga, 3 ta o‘ramda jami 30 dona tabletka ko‘rinishidagi “Tramadol” yozuvli O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalada bo‘lishi ta’qiqlangan giyohvandlik vositalari mavjudligi bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi.
Umumiy qiymati 474 000 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu noqonuniy tovarlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.
Ayni damda holat yuzasida bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi