Buxoro yangiliklari

Buxoroda yangi Data-markazlari tashkil etiladi. Bu internet tezligining oshishiga xizmat qiladi

photo 1203

Loading

O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki hamda “MUFG Bank, Ltd” banki bilan “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Bu loyihalar aholi va tadbirkorlarning internet xizmatlariga o‘sib borayotgan talablarini qondirish bo‘yicha navbatdagi qadam bo‘ladi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida:

– Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,3 barobarga oshiriladi;

– respublika telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,15 barobarga oshiriladi;

– Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yangi Data-markazlari tashkil etiladi.

Loyihani amalga oshirishda Yaponiya eksport va investitsiya sug‘urta kompaniyasi (NEXI), Toyota Tsusho Corporation, Internet Initiative Japan, NEC va NTT Communications kabi yetakchi kompaniyalar ishtirok etadilar.

photo 02 365

Ma’lumot uchun, Data-markaz – bu server va tarmoq uskunalarini joylashtirish va abonentlarni Internet kanallariga ulash uchun ixtisoslashtirilgan bino. Uning qurilishi abonetlarning internet xizmatlaridan foydalanishlarida yanada qulaylik yaratish, jumladan texlikni oshirishga ham xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.