Jahon
Eronning harbiy bazalariga kim aviazarba berdi?
29-yanvarga o‘tar kechasi Erondagi harbiy infratuzilma obyektlarida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, shu kuni Isfahon shahrida harbiy-sanoat majmuasiga qarashli o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri portlagan, Sharqiy Ozarboyjon provinsiyasidagi Shahid-Salimi shahrida motor moylari ishlab chiqariladigan yirik zavod yonib ketgan. Shuningdek, Dizful shahrida joylashgan aviabazada ham portlash ro‘y bergan, mamlakat g‘arbidagi Hamadon, mamlakat shimolidagi Risht shahrida portlash va yong‘inlar kuzatilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Tehronda ham portlash ovozlarini eshitilgan, hukumat binolariga hujumlar uyushtirilgan bo‘lishi mumkin. Eron poytaxti osmoniga qiruvchi samolyotlar ko‘tarilgan.
Eron Mudofaa vazirligi bu xabarlarga munsoabat bildirib, harbiy korxonalardan birida shunday voea sodir bo‘lganligini tasdiqlab, obyektga dronlar tomonidan hujum qilingani, ulardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida urib tushirilgani, ikkitasi esa portlaganini ma’lum qildi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar berilmagan.
“Al-Arabia” telekanali dastlab Isroil Eron harbiy sanoatini yo‘q qilish uchun ushbu mamlakat hududida maxsus harbiy amaliyot boshlagan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi.
Ammo bu xabarni AQSh dagi manbalarga tayanib, “Al-Hadath” telekanali inkor etmoqda.
“Eronning Isfahon shahridagi harbiy obyektga uyushtirilgan dronlar hujumida AQSH harbiy-havo kuchlari va yana bir davlat aybdor, Isroilning hujumga aloqasi yo‘q”, – deyiladi TV chiqargan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hujum uchun Eronning ballistik raketalar omborxonasi nishonga olingan bo‘lib, bu operatsiya mamlakat uchun Rossiya bilan hamkorlikda zavodlar tashkil etmaslik va ballistik qurollarni eksport qilmaslik haqida ogohlantirish sifatida qaralmoqda.
“Al-Arabia” telekanali keyinchalik o‘z manbalarga tayanib, AQSh va yana nomi aytilmagan bir davlat Erondagi harbiy zavodga dronlar yordamida hujum qilganini xabar qilgan.
Eron hukumati hozirda dron hujumi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi