Buxoro yangiliklari

“Qoraqalpog‘iston voqealari” bo‘yicha hukm o‘qildi. Jurnalist Lolagul Kallixonova ozod qilindi, Dauletmurat Tajimuratovga 16 yil berildi.

photo 245 1 scaled

Loading

Bugun, 31-yanvar kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1 – 2-iyul kunlari Nukus shahri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) dagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar qildi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

Salamat Kalilayev Jinoyat kodeksi (JK) ning 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 3 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JK ning 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan, dastlabki uy qamog‘ida o‘tirgan 6 oy 4 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JK ning 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilandi;

Berdax Genjebayev JK ning 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi tartibida, dastlabki qamoqda saqlangan 1 oy 19 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 10 oy 11 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, unga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasi bekor qilindi.

Nurlan Sultamuratov JK ning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, 3 yil;

Polat Nurniyazov JK ning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, 4 yil;

Qaharman Seytimov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, 5 yil;

Saiipnazar Kalimov bilan Arislan Temirxanov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, har biri 6 yildan;

Polat Shamshetov JK ning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 45 (muayyan huquqdan mahrum qilish), 57-moddalari qo‘llanilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil;

Amirbek Adilbekov JK ning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, 7 yil;

Baxtiyar Kadirbergenov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi tartibida 7 yil;

Seydabulla Medetov bilan Nurlan Nayipov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida, har biri 7 yildan;

Razbek Bekmuratov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Sultanbek Kaipov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Dao‘letmurat Djiyemuratov JK ning 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) ning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari) 3-bandiga asosan oqlanib, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, 8 yil;

Bayram Seytniyazov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Allabay Toqimbetov JK ning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazolariga sudlandilar.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanishi belgilanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Azamat Nuratdinov JK ning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 13 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 17 kun;

Axmet Smetullayev JK ning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 22 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 8 kun;

Azamat Turdanov JK ning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45, 57-moddalari qo‘llanilib 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 25 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandilar.

Ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan A. Nuratdinov, A. Smetullayev va A. Turdanov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Lolagul Kallixanova JK ning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, JK ning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JK ning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JK ning 72-moddasi qo‘llanilib,jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Dauletmurat Tajimuratov JK ning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JK ning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shuningdek, sudlanganlar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va D. Djiyemuratovning aybidan JK ning 28, 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, sudlanganlar R. Bekmuratov bilan S. Kaipovning aybidan JK ning 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ushbu harakatlar JK ning 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli), sudlangan A. Nuratdinovning aybidan JK ning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli) chiqarildi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard so‘mdan ortiq zararning 256 million so‘mi qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 million so‘m zararni sudlangan D. Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi ma’lum qilinadi.

Shuningdek, jinoyat ishini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yilgan ayrim xato-kamchiliklarga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.