Jahon

Yura davriga oid yangi timsoh turining qoldiqlari topildi

photo 246 1

Loading

Buyuk Britaniyadagi paleontologlar Dorsetda olib borilgan qazilma ishlari davomida Yura davriga tegishli qadimgi timsoh qoldiqlarini topishdi.

“Journal of African Earth Sciences” jurnalida keltirilishicha, ushbu timsoh ruri o‘z oilasining eng qadimgi vakillaridan biri bo‘lgan.

Olimlar uning bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi va oyoq-qo‘llarining bir qismini topishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Turnersuchus hingleyae” deb nom olgan ushbu turdagi timsohlar Yer yuzida bundan 185 million yil oldin yashagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular boshqa timsohlar qatori Yerda Trias davrining oxirida, Turnersuchus hingleyae yashagan vaqtdan taxminan 15 mln yil oldin paydo bo‘lgan.

Uning uzunligi voyaga yetgan odamning tanasi bilan barobar bo‘lgan. Bosh suyagining tuzilishi esa kuchli jag‘ muskullarining mavjudligini va shuning uchun ham katta tishlash kuchiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.

Avvalroq Germaniyada ilm-fanga noma’lum, yuzlab tishlari bo‘lgan pterozavr skeleti topilgani haqida xabar bergan edik.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.