Buxoro yangiliklari

Bugun, 1-fevral — Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi Baxtiyor Asadov tavallud topgan kun

photo 1230

Loading

Bugun O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi Baxtiyor Asadov 64 yoshni qarshiladi.

Respublikamizning yetuk jurnalistlaridan biri deb e’tirof etilgan, buxorolik taniqli sport jurnalisti va sharhlovchi Asadov Baxtiyor To‘xtayevich 1959-yil 1-fevral kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida tavallud topgan.

U o‘zining jurnalistlik faoliyatini “Yosh leninchi” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida boshlagan. Toshkent Davlat Universiteti Jurnalistika fakultetining kechki bo‘limida tahsil olish bilan birga mazkur gazetada ham ishlagan.

1985-yili o‘qishni tamomlab, Buxoroga qaytgan B. Asadov faoliyatini “Jondor ovozi”, so‘ngra “Buxoronoma” (sobiq “Buxoro haqiqati”) gazetalarida davom ettirdi. Keyinchalik O‘zbekiston radiosining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha muxbiri, “Yoshlar” telekanalining Buxoro viloyatidagi muxbiri sifatida faoliyat yuritdi.

Shuningdek, Baxtiyor Asadov 1991-yilda “Buxoro sporti” ga asos solgan. Gazeta bugungi kungacha sport muxlislari qalbidan joy olib kelmoqda. Uning shogirdlari orasida taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev ham bor.

Buxoroisharif.uz tahririyati Baxtiyor Asadovga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.