Texnologiyalar
Instagram asoschilari yangi ijtimoiy tarmoq yaratishdi. U qanday ishlaydi?
Instagram asoschilari Kevin Sistrom va Mayk Kriyeger “ijtimoiy tarmoqlarning kelajagi” haqida o‘ylab, sun’iy intellekt yordamida algoritmli kontent tavsiya qiluvchi yangi ijtimoiy tarmoq bilan internet bozoriga qaytishdi.
2018-yilda o‘zlarining bosh kompaniyalari bilan kelishmovchiliklar fonida Meta (Facebook va Instagram egasi) kompaniyasini tark etgan muassislar yangi avlod ijtimoiy tarmoqlari g‘oyalarini o‘rganish uchun yangi korxona tashkil qilishdi. Ularning birinchi mahsuloti “Artifact” deya nomlanib, sizning qiziqishlaringizni sun’iy idrok orqali o‘rganib, ularga moslashtirilgan yangiliklar tasmasida maqolalarni do‘stlaringiz bilan muhokama qilishingizga imkon beradi.
“– Artifakt – bu maqolalar, faktlar va sun’iy intellektning birlashuvidir. Ilova bugungi kunda yakuniy sinov bosqichida. Kompaniya yaqin kunlarda foydalanuvchilar uchun to‘liq ishlashni rejalashtirmoqda”, – deydi Kevin Sistrom.
Ushbu havola orqali o‘zingizni kutish ro‘yxatiga qo‘shib, dasturni yuklab olishingiz mumkin: https://artifact.news/. Mobil ilova Android va iOS uchun mavjud.
Artifakt sodda qilib tushuntirganda, bu matnli TikTok ning bir turi, Siz uni Google Reader mobil ilovasiga o‘xshash yoki Twitter ga kutilmagan raqobat deb ham atashingiz mumkin. Ilova nashriyotlarning saralangan ro‘yxatidan tanlab olingan mashhur maqolalar tasmasi uchun ochiladi. Jumladan, The New York Times kabi yetakchi axborot tashkilotlaridan tortib, o‘ziga xos mavzular haqidagi kichik hajmdagi axborot ulashuvchi bloglargacha. Sizni qiziqtirgan maqolalar ustiga bosasiz va Artifakt ham kelajakda sizga yoqadigan post va hikoyalarni taqdim etadi.
“– Har safar biz iste’molchilar tajribasini yaxshilash uchun mashinani o‘rganishdan foydalanganimizda, ishlar juda tez ildamlanardi”, – deydi yangi dastur mualliflaridan biri.
Bugun kutish ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar faqat o‘sha markaziy reyting tasmasini ko‘rishadi. Artifakt ning beta-foydalanuvchilari esa hozirda ilovaning asosiy ustunligiga aylanishi kutilayotgan yana 2 ta xususiyatni sinovdan o‘tkazishmoqda. Ulardan biri siz kuzatishni tanlagan foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan maqolalar hamda ularning ushbu postlarga sharhlari aks ettirilgan tasmadir. Ikkinchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri “xabarlar qutisi” bo‘lib, siz o‘qiydigan xabarlaringizni do‘stlaringiz bilan alohida muhokama qilishingiz mumkin bo‘ladi.
TikTok muvaffaqiyatidan ilhomlanib, yirik ijtimoiy platformalar so‘nggi yillar davomida qisqa videolar va ular bilan birga keladigan reklama daromadlari ketidan katta sarmoya sarfladilar.
2000-yillarning oxiridagi veb-saytlar kabi, Artifakt o‘z diqqatini matnga qaratgan. Ammo ta’sischilar 10 yillikdan ortiq o‘rganilgan saboqlar va sun’iy intellektdagi so‘nggi yutuqlar ularning ilovalari kengroq auditoriyaga kirishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
“– Yillar davomida men ko‘rgan narsam shuni ko‘rsatdiki, biz har safar iste’molchi tajribasini yaxshilash uchun mashinani o‘rganishdan foydalanganimizda, ishlar juda tez yaxshi bo‘ldi”, – deydi K. Sistrom.
TikTok kiritgan yangilik do‘stlaringiz kimligi yoki kimni kuzatishingizdan qat’iy nazar, sizga faqat algoritmik tahlillardan foydalangan holda videolarni tavsiya etish edi. Qisqa muddatda u dunyodagi eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi. Artifakt ham huddi shunday yo‘lni tutadi, biroq video emas, matn uchun.
Agarda Artifakt muvaffaqiyatli bo‘lsa, u o‘quvchilarga yangi nashrlarni topishga yordam beradi va ularni obuna bo‘lishga undaydi.
Muallif: Hidoyatxon Atabayev.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi