Islom

Musulmon kishi it boqishi joizmi? Islomda bu borada nima deyilgan?

photo 1245

Loading

Savol: Musulmon kishi it boqsa bo‘ladimi?

Javob: Islom shariatiga ko‘ra, zaruratsiz holatda it boqish mutlaqo joiz emas. Abu Talha raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Farishtalar it va surat bor uyga kirmaslar”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Kimki it boqsa har kuni savob ishlariga beriladigan ajrlaridan bir qiyrot yoki ikki qiyrot kamayadi. Qo‘riqchi, podachi va ovchi itlar bundan mustasnodir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Hadisda aytilgan “qiyrot” so‘zining izohi borasida Imom Muslim rivoyatida “Uning kichigi Uhud tog‘idek”, deyilgan.
Rivoyatlarda keltirilishicha, “Qiyomat alomatlaridan biri kishilarning it bolasini boqishni odat qilishlaridir. Hatto bu ishni ular o‘z farzandini parvarishlagandan ham yuqori darajaga qo‘yishadi” (Imom Tabaroniy va Imom Hokim rivoyat qilgan).

Hadisdan ma’lum bo‘ladiki, uy qo‘riqlaydigan, podaga qaraydigan va ovchi itlardan boshqasini boqish mumkin emas. Demak, sababsiz yoki qiziqish uchun uyda it saqlash va boqish shariatda qaytarilgan. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.