Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati bemorlar salomatligi yo‘lida qon topshirishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida” gi 348-sonli qaroriga muvofiq, birlamchi donorlar bilan ko‘p yillar beg‘araz qon topshirib kelayotgan donorlarning uchrashuvlarini tashkil etish belgilangan.
Qaror ijrosini bevosita ta’minlash va qon topshirish uchun fuqarolarga motivatsiya berish maqsadida kuni kecha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan shaxslar va ko‘p yillar beg‘araz qon topshirib kelayotgan donorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati SSB matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan viloyat qon qo‘yish markazida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bilan shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng boshqarma rahbariyati va xodimlar beg‘araz donorlik tashabbusiga qo‘shilib, ko‘ngillilar safida bemorlar ehtiyoji uchun qon topshirdilar.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi