Buxoro yangiliklari

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘qituvchilari Buxoro neftni qayta ishlash zavodida malaka oshirishdi

photo 1287

Loading

Kuni kecha Buxoro neft va gaz sanoati kollejining maxsus fan o‘qituvchilarining bir guruhi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari Buxoro neftni qayta ishlashzavodining sex va bo‘limlarida stajirovka o‘tashdi. Ularga zavod xodimlari tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Stajorlar korxonaning ishlab chiqarish, ta’mir-mexanika, elektr ta’minoti sexlarida bo‘lishdi hamda markaziy tahlilxona va tadqiqotlar tahlilxonasining mutaxassislari boshchiligida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirishdi, bilimlarini amaliyotda sinash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

photo 02 392

Shu o‘rinda BNQIZ dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda Buxoro neft va gaz sanoati kolleji pedagoglaridan tashqari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkentdagi filiali, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandistik-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining yil davomida malaka oshirishlari ko‘zda tutilgan.

photo 03 250

Mazkur amaliyot darslari ta’lim sifatini hamda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq qilish, professional ta’limdagi o‘quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan uzviy bog‘lash maqsadida tashkil qilinmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.