Buxoro yangiliklari
Buxorodagi xonadonlarga bepul quyosh panellari o‘rnatib berish boshlandi
Buxoroda DSB boshlig‘i mas‘ul bo‘lgan 4-sektor ishchi guruhi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning xonadonlarini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida ularning uylariga kichik hajmdagi quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqida boshqarma matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jumladan, Olot tumanidagi “Opshoq” mahallasida yashovchi va “Temir daftar” da ro‘yxatda turgan H. K. xonadonida ham bepul quyosh panellari o‘rnatildi.
Ishchi guruh vakillarining ta’kidlashicha, viloyat hududidagi 4-sektor hududiga kiruvchi har bir mahallada kamida 5 tadan ana shunday oilaning xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Prezidentimizning 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoniga asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda qo‘llash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga doir biznes loyihalarning jozibadorligini oshirish singari muhim vazifalar qatorida “Temir daftar” ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar xonadonini ham mazkur qurilmalar bilan bepul jihozlash tartibi va shartlari belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqqa binoan, bu tadbirlar shu paytgacha ham o‘tkazilayotgan hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan edi.
Yuqoridagi farmon bilan endi “Temir daftar” ga kiritilgan oilalar xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatish xarajatlari mahalliy budjet hisobidan qoplanadigan bo‘ldi. Jumladan, hujjatda ehtiyojmand oilalar xonadoniga 2022-yilda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari va 2023-yilda mahalliy byudjet parametrlarida ushbu tadbirlar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan quvvati 1 kVt gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi yoki hajmi 100 litrdan kam bo‘lmagan quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatilishi ko‘rsatilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi