Buxoro yangiliklari
Buxorodagi Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida jabr ko‘rganlar uchun insonparvarlik yordamini qabul qilish punktlari ro‘yxati
Buxorodagi mir nechta mazillarda zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisi uchun insonparvarlik yordami yig‘ilmoqda. Bu yerga issiq kiyim-kechak, oziq-ovqat, birlamchi ehtiyoj buyumlari, poverbanklar, tok generatorlari keltirilmoqda. Shuningdek, quyidagilarga birinchi navbatda ehtiyoj mavjud:
Qishqi kiyimlar (bolalar va kattalar uchun):
- Palto;
- Plash;
- Etik;
- Kofta;
- Shim;
- Qo‘lqop;
- Sharf;
- Beret;
- Paypoq;
- Ichki kiyim va b.
Boshqa buyumlar:
- Chodir;
- Yotoq;
- To‘shak (chodir uchun);
- Odyol;
- Elektr pechka, isitkich;
- Quvurlar;
- Termos;
- Chiroq (“fonar”);
- Poverbank;
- Generator va b.
Oziq-ovqat:
- Chaqaloqlar bo‘tqasi;
- Bolalar tagliklari.
Tozalash va gigiyena vositalari:
- Ayollar gigiyenik vositalari.
Insonparvarlik yordamini yig‘ish 2023-yilning 10-fevral kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda amalga oshiriladi:
- Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy (Mo‘ljal: vokzal, eski “A kafe”).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (+998) 97-303-02-72 (G‘ani). - Buxoro shahri, 5-kichik nohiya, Abdulaziz Somiy ko‘chasi, 9-uy (Mo‘ljal: “Rahmatillo” do‘koni bekati).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (+998) 93-508-60-16 (Mavjuda). - Buxoro shahri, Xo‘ja Abdurahmon ko‘chasi, 27-uy (Mo‘ljal: “Mohi-xossa darvozasi”).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (+998) 91-974-81-17 (Nargiza). - Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband ko‘chasi, 73-uy (Mo‘ljal: “Sherbudin” restorani).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (+998) 91-409-05-55 (Sulaymon). - Buxoro shahri, Abdulla To‘qay ko‘chasi, 55-uy (Mo‘ljal: “Neftchi” bolalar oromgohi).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (+998) 65-364-16-67 (BNQIZ Axborot xizmati).
Barcha yig‘ilgan yordam Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy, D-blokda joylashgan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi binosiga yetkaziladi va tartiblanadi (ro‘yxat bo‘yicha ajratiladi) va Toshkentga yuboriladi. U yerdan esa FVV ning maxsus borti orqali Turkiya Respublikasiga yetkaziladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi