Mashhurlar
“O‘ligim Turkiyada qolib ketadi, deb qo‘rqdim” — Saida Rametova
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Sevimli TV” telekanalining “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida nega Turkiyada saratonga qarshi davolanishni istamagani va og‘ir xastalikdan qolgan xotiralari haqida so‘zlab berdi. “Daryo” nashri ushbu intervyuning qisqacha matnli ko‘rinishda taqdim etdi.
— “Jaloliddin Manguberdi” serialining birinchi mavsumi suratga olinayotgan paytda uydagilar turmush o‘rtog‘imning salomatli yomonlashgani haqida xabar berdi. Bir mahal mening ham mazam qochdi. Chap tomonim og‘rigani uchun shamol tegdi deb o‘ylagandim. Bir kuni Tohir Saidov “Opa, qo‘limni shamollatdim shekilli og‘riyapti, shifokorga ko‘rinib kelaman”, dedi. O‘sha kuni mening ham syomkam yo‘q edi, unga ergashdim”, – deydi Saida Rametova.
Tohir shifokor ko‘rigidan tez chiqdi. Haqiqatan ham qo‘lini shamollatgan ekan, bittagina maz yozib berishibdi. Meni esa u shifokor, bunisini, keyin yana boshqasiga jo‘nataverdi. Oxiri “Nima gap, nega meni buncha tekshirishyapti”, – deb yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. Tohir ham hech narsani gapirolmay, jim bo‘lib qoldi. Turk professori “Saidaxonimga haqiqatni aytish kerak”, – dedi. Turk tilini biroz bo‘lsa-da bilganim uchun uning gaplarini tushunishim qiyin kechmadi. “Senda ikkinchi bosqichdagi ko‘krak saratoni aniqlandi. Shuning uchun chap tomoning og‘riq bergan. Endi sen barcha s’yomkalarni to‘xtatib, seni operatsiya qilib davolaymiz”, – dedi. U professor ko‘rigiga kirish uchun bemorlar to‘rt oylab navbatda turishganini ko‘rganim uchun darrov rozi bo‘ldim.
O‘zbekistondan borganimiz va tashkilotchilarning yordami bilan u shifokor ko‘rigiga kirishim oson kechdi. Bundan tashqari serial prodyuseri Mexmet Bo‘zdag‘ “Hamma sharoitlarni yaratib beramiz, sog‘aysang bo‘ldi”, dedi. O‘shanda ham rolni tashlab ketishga ko‘zim qiymay “Suratga olish ishlari tugasin, keyin boraman”, desam shifokor tanbeh berdi. “Saraton tez rivojlanadi, senga quyosh mumkin emas. Sog‘ bo‘lsang hammasi bo‘laveradi”, deb tushuntirdi, — deydi aktrisa Saida Rametova.
Saida Rametova nega Turkiyada davolanishni istamay, O‘zbekistonga qaytganini quyidagicha izohladi.
“— Mehmonxonaga kelib, 15-20 daqiqalar ko‘zim ilinibdi. Qulog‘imga kimdir “Ket-ket” degandek bo‘ldi. Cho‘chib uyg‘onib ketdim va Turkiyada aktyorlarga g‘amxo‘rlik qilgan tashkilotchi Farhod Badalovga ketishga qaror qilganim haqida aytdim. “Opa, davolanish uchun odamlar Turkiyaga keladi-ku, hammamiz yoningizda bo‘lamiz”, dedi. Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova va Yulduz Rajabovalar bir kundan yonimda turishga kelishib olishgan ekan. Hammaga rahmat aytib, ko‘nglim bu yerdan ket deyotganini aytdim. “Reys yo‘q opa”, deb u vaziyatni tushuntirishga urindi. “Mabodo o‘lib qolsam o‘ligim shu yerda qolib ketadimi? Samolyot uchmayotgan bo‘lsa bolalarim ham bu yerga kelisholmaydimi?” deb hayolimdan o‘tkazdim. Nolalarimni Yaratgan eshitdimi bilmadim, ikki kundan keyin O‘zbekistonga charter-reyslarning qatnovi boshlandi. Yodgor Sa’diyevning maslahati bilan Toshkent onkologiya kasalxonasiga borib, davolanishlarni boshladim”, — deydi aktrisa Saida Rametova.
Aktrisa kasallikka taslim bo‘lmagani, davolanayotgan paytida ham xalq xizmatidan qolmaganining sabablari haqida ham aytib o‘tdi.
“— “Voy men kasal ekanman”, – deb yotib olmadim. Faqat harakatda bo‘ldim, teatrga ham, to‘yga ham boraverdim. Tushkunlikka tushmay sog‘ayib ketishimga ishondim. Pozitiv kayfiyatda bo‘lishga va ruhimni tushurmaslikka harakat qildim. Kimyo terapiya olgandan keyin ikki-uch kun o‘tib, tadbirlarga ham boraverardim. Davolovchi shifokorlarim ham hayron bo‘lib “Bunaqa bemorni ko‘rmaganmiz”, deyishardi. Ana shunday qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimga minnatdorlik bildiraman. “Bu kasal-ku” deb chetga surib qo‘yishgani yo‘q. Qaysi davraga kirib bormay, duo qilib, moddiy ko‘mak ham berishdi”, — deydi aktrisa Saida Rametova.
Aktrisa turmush o‘rtog‘i O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametovda Alsgeymer kasalligining aniqlanishi va bugungi ahvoli haqida ham gapirdi.
— Koronavirusga chalingandan keyin xotirasi yomonlashganini sezdik. Teatrda va serial s’yomkalariga borganda ssenariylarni yodlolmay qiynalardi. Alsgeymer kasalligining asoratlari va injiqliklari juda ko‘p ekan. Bir yil ichida olib bormagan shifokor-u, tabiblarimiz qolmadi. Hozir ham kasalxonada, shifokorlar juda yaxshi qarashyapti. Odamlar juda sog‘ingan. Yaqinda uni videoga olib, tarmoqqa joyladik. Muxlislari, qarindosh-urug‘lar juda yaxshi tilaklarni bildirishdi. Jumadulla aka esa hammani duo qildi, — deydi aktrisa Saida Rametova.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi