O‘zbekiston

“Qoidangga ham dedi, svetoforingga ham va boshqa harakat ishtirokchilaringga ham” – Buxoroda Damas haydovchisi qoidani buzdi

photo 1296

Loading

Kuni kecha Telegramdagi “UDDU channel” (O‘zbekiston yo‘l harakati ishtirokchilari) kanalida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir necha avtomobillar qarshisidan (shu payt svetofotda “yashil” chirog‘i yonadi) qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilgan Damas aks etgan video joylashtirildi. Ushbu holat yzuasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy axborot e’lon qildi.

Aniqlanishicha, “Damas” rusumli 80 | K 610 NA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib harakatlangan. Mazkur video Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi M. N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1285-moddasi 2-qismi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

photo 02 395

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Buxoro viloyatining barcha aholi yashash punktlari yaqinida joylashgan yo‘llarda avtomobillarning ruxsat etilgan harakatlanish tezligi 60 km/s etib belgilandi.

O‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang! Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.