Buxoro yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasini borib ko‘rdi

photo 1322
Foto: O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Loading

Bundan bir necha soat oldin prezidentimiz Buxoroga tashrif buyurib, dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagani va Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida borgani hamda viloyatdagi mavjud klasterlar rahbarlari bilan ham muloqot qilgani, shuningdek “Aksa Enerji Bukhara” MChJ ga qarashli issiqlik elektr stansiyasi bo‘lgani, bundan tashqari Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishganidan so‘ng Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi tashrifini yakunlashdan oldin Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Bu madrasa 500 yillik tarixga ega. Undan ko‘plab olimlar, imomlar, muftiylar yetishib chiqqan. Lekin o‘tgan asrda uning maqomi o‘rta maxsus bilim yurti darajasiga tushib qolgan edi. Binosi ham zax tortgan, kitoblar yetishmasdi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda bu yerga kelib, ahvolni ko‘rgan, madrasaning tarixiy mavqeini tiklashni maqsad qilgan edi. Buning uchun Ark yaqinida yangi bino barpo etildi va yaqinda foydalanishga topshirildi.

Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Qur’oni karim, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. Bugungi kunda jami 107 nafar talaba ta’lim olmoqda.

O‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi va xizmat uyi, sportzal va basseynda barcha qulayliklar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlashdi.

“– Bunday uzoq tarixga ega ta’lim dargohlari juda kam. Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish bo‘ldi, deb o‘ylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq. Internetda ilmiy asosi bo‘lmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoshlar qayerdan biladi? Buni sizga o‘xshagan ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, to‘g‘ri tushuntirib berishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Diniy ta’lim soatlari va sifatini isloh qilish, uni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Shu bilan Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.