Buxoro yangiliklari

Vazirning birinchi oʻrinbosari Jondordagi taʼlim muassasalarini oʻrgandi

photo 1323
Foto: Maktabgacha taʼlim agentligi

Loading

2023-yilning 17-fevral kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi xabar berdi.

Agrippina Shinning dastlabki manzili viloyatning Jondor tumani bo‘ldi. U tumandagi Pedagogika kolleji faoliyati bilan tanishdi.

photo 01 212

Vazirning birinchi o‘rinbosari yoshlar tahsil olayotgan kollejni ko‘zdan kechirar ekan, hudud yoshlarini sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘z topshiriqlarini berdi, shu bilan birga, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish maqsadida kollejda to‘garaklar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagoglarni malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil etish kollej talabalarining qo‘l mehnatidan foydalangan holda didaktik material tayyorlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalanishga berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, ushbu kollej qoshida tashkil etilgan 6 yoshli bolalarni majburiy bepul ta’lim bilan qamrab olinganligi, ularga berilayotgan ta’lim sifatining holatini ko’zdan kechirdi. Shu bilan birga, kollejda faoliyat olib borayotgan pedagoglar bilan uchrashdi. Uchrashuvda pedagoglarga ta’lim sifatini rivojlantirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berdi.

photo 04 159

Keyingi manzil tumandagi 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 2022-yilda investitsiya dasturi asosida 2.5 mlrd so’mga ta’mirlandi. DMTT ni ko‘zdan kechirib, ta’mirlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va mazkur kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va vazifalar yuklatildi.

photo 02 405

Shu bilan birga, DMTT da mehnat qilayotgan tarbiyachi pedagoglar bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda joriy 2023-yil Taʼlim sifatini rivojlantirish yili ekanligi va MTT larda taʼlim sifatini rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, Jondor tumanida 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 14 433 nafar bo‘lib, shundan 10 103 nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Tumanda 164 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat olib bormoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.