Salomatlik

Qovoqcha va sarimsoq piyozdan tayyorlanadigan xushta’m yegulik retsepti

photo 1339
Foto: Lifehacker

Loading

Xushbo‘y va mazali oladyi yoz kunlarida inson tanasiga kerakli bo‘lgan vitaminlarga boy sabzavotlardan tayyorlanadi. Siz uni boshqacha retseptlar asosida ham tayyorlashingiz va ta’bingizga qarab bezatishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar:
qovoqcha— 650 gr;
tuz — ta’bga ko‘ra;
sarimsoq — 2 donacha;
tuxum — 1 dona;
un — 30 g;
murch — ta’bga ko‘ra;
o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq.

Tayyorlanishi: Qovoqchani sal katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Bir choy qoshiq tuz qo‘shib aralashtiring. Qovoqchani 10 daqiqadan keyin siqib oling. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxumni sanchqi bilan chayqab uring. Un, tuz, murchni qovoqchaga qo‘shing va barchasini yaxshilab aralashtirib oling. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Masalliqni bir qoshiqdan oling va qizdirilgan idishga ikki tomonidan bosib qovurib oling. Shunda oladyilar qizarib pishadi. Eslatma: Faqatgina endi pishib boshlagan, urug‘i yo‘q sabzavotlarni tozalamasdan foydalanish mumkin. Qolgan barcha sabzavotlarni urug‘lardan tozalash kerak. Yoqimli ishtaha!

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.