Buxoro yangiliklari

Milliy gvardiya boshlig‘i nega buxorolik Muzaffar Rajabov tashkil qilgan klubga bordi?

photo 1344
Foto: Milliy Gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Loading

Xabaringiz bor, Buxoroda yakkakurash turlarining rivojida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda kikboksing federatsiyasining vitse-prezidenti, Buxoro qo‘l jangi va MMA federatsiyasi rahbari, WTKF bo‘yicha jahon chempioni, ATF Championship promousheni asoschisi Muzaffar Radjabovning o‘z o‘rni bor. Ushbu sportchi tarixiy shaharda “Amir Temur” klubini tashkil qilib, ko‘plab chempionlarni tarbiyalamoqda.

Muzaffar Radjabovning maʼlum qilishicha, mazkur zalda 6 ta sport turidan 2 000 ga yaqin yoshlar bepul tarzda mashg‘ulotlar olib borish imkoniyatiga egalar.

photo 03 262

Milliy Gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishucha, 2023-yilning 20-fevral kuni boshqarma boshlig‘i polkovnik J. Shernazarov “Amir Temur” klubi sport zaliga tashrif buyurdi hamda bu yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, sportchilarning jismoniy holati va kutilayotgan natijalar haqida klubi asoschi Muzaffar Rajabov bilan suhbat qildi.

photo 02 410

Uchrashuv yakunida J. Shernazarov sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashib, yaqinlashayotgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari, tayyorgarlik jarayonlarini yuqori darajada olib borishlari va albatta g‘olib bo‘lishlariga ishonch bildirdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.