O‘zbekiston
Uyingizga quyosh panellari o‘rnating va u orqali ishlab chiqarilgan elektr uchun subsidiya oling
Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi
2023-yilning 16-fevral kuni “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:
2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.
Shuningdek, 2023-yilda:
– davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
– 20 000 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
– jami 11 000 nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
– 37 000 aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
– foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
– hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
– 5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.
2023-yil 1-apreldan boshlab esa respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Qarorga koʻra, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi