Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida bo‘ylab o‘tkazilgan reydda 3 kunda 3 ta fohishaxona aniqlandi

photo 1352
Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Loading

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan Buxoro shahrida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.

Jumladan, 2023-yil 4-fevral kuni soat 15:00 larda O. Sh. ismli ayol o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahri, Tirdi Farog‘iy ko‘chasidagi xonadonida boshqa ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 700 000 so‘m pul olgan holda fohishaxona tashkil qilgan.

2023-yil 5-fevral kuni Buxoro tumani, Novmetan qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli R. M. ismli ayol ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasida joylashgan uyda kuni tanishi R. R. ismli ayolni bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun bir xonani bo‘shatib berib, 100 000 so‘m miqdoridagi pullarni olganligi aniqlangan.

2023-yil 6-fevral kuni taxminan soat 16:00 larda U. M. ismli ayol o‘zining ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasida joylashgan xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, buning evaziga 150 000 so‘m miqdordagi naqd pullarni olgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.