Jahon

Ekvador qayta ishlangan kokaindan binolar qurishni boshladi

photo 1359
Foto: Reuters (Karen Toro)

Loading

Mamlakat ushbu texnologiyadan foydalanadigan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

Ekvador davlati qayta ishlangan kokaindan binolar qurishni boshladi. Mamlakat ushbu texnologiyadan foydalanadigan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha buning sababi — mamlakatda musodara qilingan taqiqlangan moddalar hajmining ekstremal darajaga yetganligida.

photo 02 412

Har hafta kokainning ko‘p sonli paketlari qayta ishlash zavodlariga yuboriladi va u yerda boshqa chiqindilar bilan birga eziladi. Hosil bo’lgan kukun sement, qum va suv bilan aralashtiriladi. Buning natijasida, qurilishda fundamentga qo’shiladigan ma‘lum bir qorishma tayyor bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, kokainni yo‘q qilishning bunday usuli uni yondirishdan ko‘ra, bir necha baravar tezroq hisoblanadi.

photo 03 264

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda allaqachon 350 tonna kokain qayta ishlangan va mamlakat hosil bo’lgan qorishmadan binolar qurishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekvadorda mamlakatdagi birinchi metro liniyasi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.