Buxoro yangiliklari
Romitanlik yoshlar Milliy gvardiya xodimlari faoliyati bilan tanishishdi
Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Romitan tumanida istiqomat qiluvchi harbiylik kasbiga qiziquvchi voyaga yetmagan mahalla yoshlari hamda maktab o‘quvchilari uchun Romitan tumani Qo‘riqlash bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirga harbiy xizmatga ishtiyoqmand yoshlar jalb qilindi.
Tadbir ishtirokchilari xodimlarning xizmat faoliyati, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, oʻzlarida ham vatanparvarlik tuygʻulari mujassam ekanligini yashirib oʻtirishmadi. Shuningdek, yoshlar muassada xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi