Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati IIB ga yangi boshliq tayinlandi

photo 1368
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Bugun, 24-fevral kuni o‘tkazilgan mazkur tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hamda shahar-tuman sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tezkor yig‘ilish davomida Buxoro viloyatida o‘tgan hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari hamda jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama etildi.

photo 02 416

Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

photo 03 267

Viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni yana-da barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari va mazkur hududlarga biriktirilgan viloyat IIB rahbar xodimlari tomonidan mahallalarni jinoyatlardan holi hududlarga aylantirish, aholini rozi qilish, ularning murojaatlari yechimiga eʼtibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

photo 05 98

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan polkovnik Aliyev Shuxrat Hasanovichning Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganligi eʼlon qilindi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Miralimov Mirjamol Yuldashevich tayinlandi.

photo 01 216

Tadbirda viloyat hokimi Botir Komilovich Zaripov Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlariga ko‘magi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

photo 04 163

Tadbirda ko‘tarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha soha faxriylari va mutaxassislar so‘zga chiqib, taklif hamda mulohazalar bildirdilar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.