Jahon

Fransiya va Germaniya rahbarlari Ukraina prezidentiga Vladimir Putin bilan muzokarani boshlashni so‘ramoqda

photo 1379
Foto: Spiegel Online GmbH

Loading

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols fevral oyi boshida Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina prezidentiVladimir Zelenskiyga Rossiya bilan muzokara boshlashni maslahat bergan. Bu haqda “The Wall Street” Journal nashri xabar bermoqda.

Gazetaning o‘zining manbalarga tayanib yozishicha, harbiy mojaro tugaganidan keyin Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya mamlakatlari Ukraina va NATO o‘rtasida mudofaa bo‘yicha kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

Bundan avval – 2022-yilning iyun oyida Germaniyaning “Diye Welt” gazetasi Shols, Makron va Dragi (Italiya bosh vaziri) Kiyevga borgan vaqtida Vladimir Zelenskiyni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishda undashga harakat qilgani haqida xabar bergan edi.

“Chunki, urush tufayli ularning mamlakatlari ko‘rgan iqtisodiy zarar tobora ortib bormoqda va uning o‘rnini qoplash qiyinlashmoqda”, – deya izoh yozilgan gazeta maqolasida.

2023-yilning 17-fevral kuni Xitoyning BMT dagi vakili Chjan Jun ham Ukraina va Rossiya rasmiylarini muzokaralarni boshlashga chaqirgan va Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi hamda NATO vakillari ham ushbu muloqotda ishtirok etishlari kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Xitoy rasmiylari Ukrainadagi harbiy mojaroning barcha tomonlarini harbiy harakatlarni to‘xtatishga va “sovuq urush” mentalitetidan voz kechishga chaqirgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.