Buxoro yangiliklari

Buxorolik gimnastikachilaridan yana bir gʻalabali yurish

photo 3
Foto: Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sporti bosh boshqarmasi

Loading

Oʻzbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilishga katta e‘tibor qaratilayotgani ayni haqiqatdir. 

Jumlada, viloyatimizning tuman (shahar) larida bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida qizlar sportning badiiy gimnastika turi bilan shug’ullanib kelishmoqda.

Buxoroda ham badiiy gimnastika sport turi boʻyicha oʻziga xos maktab shakllangan bo‘lib, gimnastikachilarimiz xalqaro va Oʻzbekiston chempionatlarida muvaffaqiyat qozonayotgani, viloyatimizda esa shunday turnirlar muntazam tashkil etilayotgani buning yorqin ifodasidir.

2023-yilning 21-fevralidan 25-fevraliga qadar Jizzax viloyatida 2008—2010-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida bizning buxorolik vakillarimiz ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sporti bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, musobaqada saralash 3 bosqichda oʻtkazilib, Buxoro viloyati terma jamoasi esa unda yuqori natijalarga erishgan.

Xususan, viloyatimiz qizlari jamoaviy koʻpkurash bahslarida 1-oʻrinni, jamoaviy koptok bilan bajariladigan mashqlarda esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

photo 02 2

Tahririyatimiz nomidan sportimizning buxorolik malikalarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.