Jahon
11 yoshli qiz parranda grippidan vafot etdi
Kambodjada 11 yoshli qizaloq parranda grippi shtammi bilan kasallanganidan keyin vafot etdi. Bu haqda “Euro Weekly News” nashri xabar qildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Mam Bunxeng joriy yilning 23-fevral kuni bergan bayonotida H5N1 shtammi bilan kasallanish 2014-yildan beri birinchi marta kuzatilayotganini aytdi.
Shuningdek, vazirning qayd etishicha, poytaxt Pnompen sharqidagi Prey Veng provinsiyasida yashovchi qiz 16-fevral kuni yuqori isitma va yo‘tal bilan kasalxonaga murojaat qilganidan so‘ng. unga parranda grippi tashxisi qo‘yilgan.
“– Uning ahvoli yomonlashganda, u davolanish uchun Pnompendagi milliy bolalar kasalxonasiga yotqizilgan, biroq chorshanba kuni vafot etgan”, – dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Mam Bunxeng.
Aniqlanishicha, bu qizning otasi ham allaqachon parranda grippiga chalinganini aytdi. Bundan tashqari, yana 11 kishida H5N1 virusi aniqlangan.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Kambodjada 10 yil oldin odamlarda H5N1 virusini yuqtirishning 56 ta holati qayd etilgan, ulardan 37 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
“– Odamlarda parranda grippi holatlari kam uchraydi, chunki odamlarda tomoq, burun va yuqori nafas yo‘llarida virusning hozirgi shtammiga sezgir bo‘lgan reseptorlari yo‘q. Kasallangan parrandalar bilan ishlaydigan odamlarda infeksiya xavfi yuqori”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2021-yildan beri H5N1 virusi bilan odamlarda 8 ta holat (Xitoy, Hindiston, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh da) ni qayd etgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi