O‘zbekiston

Voyaga yetmagan yoshlar bilan psixo-profilaktik ishlar o‘tkazildi

photo 15
Foto: Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi

Loading

Voyaga yetmaganlarning jinoyat qilishi, huquqbuzarliklar sodir etishi bir oila uchungina emas, ayni paytda jamiyat uchun ham zarar. O‘smirning jamiyat axloqiy mezonlari talablariga javob beradigan darajada tarbiya olmaganligi uning jinoiy hatti-harakatlar sodir etishiga olib keladi. 

photo 01

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

photo 02 6

Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Buxoro viloyati IIB ga qarashli Huqubuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlar reabelitatsiya markaziga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi. Tadbir davomida Milliy gvardiyaning tajribali psixologlari yoshlar bilan ijtimoiy-huquqiy masalalarda jamoaviy hamda individual suhbat qurishib, ularning hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda o‘zlarining hissalarini qo‘shishdi hamda sovg‘alar ulashishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.