Islom

Musulmonlar boshqa din vakillariga qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

photo 24
Foto: Good House

Loading

Savol: Bolaligimizdan turli millat vakillari bilan qo‘shni bo‘lib yashab kelamiz. Qo‘shnichilik munosabatlarimiz yaxshi, inoqmiz. Musulmonlar boshqa din vakillariga qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

Javob: Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko‘radir. Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qilganlar, diyoringizdan chiqarganlar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do‘stlik qilishdan qaytarur. Ularni do‘st tutganlar, ana o‘shalar, zolimlardir” (Mumtahana surasi, 8–9-oyatlar).

Alloh taolo bu oyati karimada mo‘min-musulmonlarni boshqa millat va din vakillari bilan, agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib o‘z diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada bo‘lishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli bo‘lishni ta’kidlamoqda.

Ammo kim musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni do‘st tutib bo‘lmaydi. Bu ham ayni adolatdir.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.