Buxoro yangiliklari

Buxoroda gazdan noqonuniy foydalangan “zapravkalar” aniqlandi

photo
Foto: Telegram (@potrebitel_bukhara)

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan bir necha korxonalar tabiiy gazdan noqonuniy tarzda foydalanib kelganlik holati aniqlanib, unga chek qoʻyildi. Bu haqda Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” kanali xabar berdi.

Aniqlanishicha, “O‘ztransgaz” AJ ning Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi (MGQB) “Buxoro plastik” QK, “Spulara avto” MChJ, “Delta avtogaz” MChJ, “Aslon metangaz” MChJ, “Dildora” MChJ, “Dildora-2” MChJ, “Navro‘zov Murodjon”, “Temur Iskandariy” MChJ larga “Vobkent” GTS dagi sanoat gaz tarmog‘i orqali tabiiy gaz ekzib berish xizmatini ko‘rsatib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, gaz tarmog‘i orqali yetkazib berilgan tabiy gaz hajmini nazorat tartibida o‘lchash uchun qo‘yilgan A14FB214-raqamli “Avtopilot PRO” rusumli gazni hisoblash pribori oʻrnatilgan boʻlib, Quvurning diafragma qismiga oxirgi marta 2022-yilning 19-dekabr kuni №00049540 va №0002750 bir marlik nazorat tamg‘alari bilan xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan.

2023-yilning 23-yanvarda “Hududgaz Buxoro” GTF, “O‘zMMI” DM Buxoro filiali va Kogon MGQB vakillari ishtirokidagi o‘rganishlar davomida ayon boʻliishicha, “Vobkent” GTS sanoat gaz tarmog‘i tekshirilganida quvurning diafragma o‘rnatiladigan qismidagi bir martalik tamg‘alarga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Quvurga qayd etilgan diafragma o‘rniga boshqa o‘lchamdagi diafragma o‘rnatilgan. Ya’ni gazni hisoblash priboriga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lib, hisoblagichdan o‘tgan tabiy gaz sarfi kamaytirib ko‘rsatilishiga erishilgan va hisobgan o‘tmagan tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga ​​​​doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasidagi “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 125-bandi “g” kichik bandiga asosan Kogon MGQB mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.