Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchini kaltakladi

photo 9
Foto: Telegram ("Bukharainfo)

Loading

2023-yilning 1-mart kuni Telegramdagi “Bukhara Info!” kanalida Buxoro tumani 18-umumta’lim maktabida tahsil oladigan o‘g‘lini shu muassasa o‘qituvchisi kaltaklagani va darslardan so‘ng uyga qaytgan o‘quvchi oyoqlari va orqa bel qismidan pastrog‘ida haligacha kaltak izlari borligini aytib, shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, holat mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi, deya xabar bermoqda viloyat XTB matbuot xizmati.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, 2023-yilning 28-fevral kuni maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi U. A. 3-“A”sinfida olib borayotgan mashg‘ulot jarayonida tartibsizlik qilgan o‘quvchini tartibga chaqirish maqsadida urganligi ayon bo‘ldi.

Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga zid hatti-harakatga yo‘l qo‘yganligi sababli, o‘qituvchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.