Buxoro yangiliklari

“To‘qimachi” dehqon bozori o‘rniga istirohat bog‘i quriladi

photo 26
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Bugungi kunda Buxoro shahri katta qurilish maydoniga aylangan. Shaharning ko‘plab hududlarida aholi turar joylari, inshootlar, yo‘llar, shuningdek, aholi dam olish maskanlari bunyod etilmoqda. Ana shunday inshootlardan biri sobiq “To‘qimachi” dehqon bozori o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan istirohat bog‘idir.

Buxoro viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, bog‘ uchun 1,7 gektar yer ajratilgan bo‘lib, bu yerda butazor va tabiiy o‘tloqli maydon, veloyo‘lak va piyodalar yo‘lakchasi, sport maydoni barpo etiladi. Umuman, tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, zarur infratuzilma yaratiladi. Puxta o‘ylangan dizaynga ega istirohat bog‘i bir tarafdan sayyohlar uchun muhim joyga, ikkinchi tomondan shahar brendining bir qismiga aylanadi.

Ayni paytda bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, 6-mart kuni erta tongda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, viloyat tashkilot va idoralari mutasaddilari, yoshlar, jamoatchilik vakillari, ekologiya hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari mazkur hududda “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida tashkil etilgan daraxt o‘tqazish tadbirida ishtirok etishdi.

Joriy bahorgi mavsumda ham ushbu loyiha doirasidagi ishlarni yanada izchil davom ettirgan holda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini, butalarni ekib, viloyatimizda yashil hududlarni yanada ko‘paytirish maqsad qilinganligi qayd etildi.

Shu kuni tadbir doirasida 300 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.