Texnologiyalar

Apple smartfonlari Osiyo bozorlarida Xiaomi dan ko‘proq sotib olingan

photo 31
Foto: Facebook Marketplace

Loading

2023-yilning fevral oyi uchun Osiyo mamlakatlarida smartfonlar savdosi bo‘yicha bozor ulushi ma’lumotlarini Global Stats tahlilchilari e’lon qilishdi. Bu haqda “Gizmochina” nashri xabar qilmoqda.

Unga ko‘ra, 2023-yilning fevral oyida Osiyo mamlakatlaridagi mobil qurilmalar bozorida Apple 17,15% ulush bilan 2-o‘rinni egalladi va Xiaomi (16,19%) ishlab chiqaruvchisini ortda qoldirdi, Samsung kompaniyasi esa 22,25% bilan 1-o‘rinda qoldi . Shuningdek, 4-o‘rinni 10,82 % bozor ulushi bilan OPPO, 5-o‘rinni 9,76 % bilan VIVO kompaniyalari egallagani ma’lum qilindi.

Apple kompaniyasining yetakchi o‘rinni egallashiga Malayziya va Vyetnam kabi rivojlanayotgan Osiyo bozorlarida talabalar uchun chegirmalarning joriy etilishi yordam bergani aytilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.