Buxoro yangiliklari
Buxoroda Tibbiyot institutida tahsil olayotgan hindlar Holi bayramini nishonlashdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida hind millatiga mansub talabalar ranglar festivali – Holi bayramini nishonlashdi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar bermoqda.
Har bir xalq va millatning kelib chiqishi, e’tiqodi va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan milliy bayrami bo‘ladi. Hindistonda har yil fevral oyining oxiri, martning boshlarida oʻtkaziladigan Holi bayrami ham shular jumlasidan. Unda kishilar bir-biriga rangli bo‘yoqlar sepadi, raqsga tushib zavqlanadi.
Qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi deya ishonishadi.
Ushbu bayram shuningdek, hind taqvimiga ko‘ra, yangi yilning boshlanish ramzi hisoblanadi.Uni nishonlashda rangli bo‘yoqlardan foydalanilishi tufayli ham koʻpgina hind shahar va qishloqlarida Bo‘yoqlar festivali deb ataladi.
An’anaga muvofiq, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va tanigan-tanimaganlar bir-biriga bo‘yoqli suv va kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, Holi bayrami – dunyodagi eng qadimiy marosimlardan biri boʻlib, u sanskrit tilidagi manbalarda hamda hindlarning boshqa muqaddas yozuvlarida ham tilga olinadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi